Missiyamiz
Ommabop, ishonchli va sifatli mahsulotlar yordamida Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlari bozorining ulkan ulushini egallash hamda qo`shni davlatlar bozorlaridagi o`z o`rnini mustahkamlash.
Biz uchun muhim qadriyatlar
Mas'uliyat

Biz o`z ishimiz uchun mas’uliyatni boshqalarga yuklamaymiz. Biz kamchiliklarga ko`z yummaymiz, halollik bilan ish tutib, xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.
Biz uchun muhim qadriyatlar
Iste’molchi – bizning mo`ljalimiz

Biz iste’molchilarni mamnun qilish uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz. Iste’molchi manfaatlarining himoyachisi – doimo haq.
Biz uchun muhim qadriyatlar
Shaxsiy hurmat

Umumiy maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish yo`lida har birimiz o`z hissamizni qo`shamiz, shuning uchun hurmatga, odilona munosabatga va ishonchga loyiqmiz.
Biz uchun muhim qadriyatlar
Doimiy takomillashish

Biz o`z oldimizga yuksak maqsadlar qo`yamiz, ularga erishgaсh, maqsad pog`onasini yanada ko`taramiz. Bugungi ish kechagisidan yaxshiroq bajarilishi shart.
Biz uchun muhim qadriyatlar
Sifat sohasidagi siyosat

Tashkilotni boshqarish va uning faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- Mahsulot va texnologiyalarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, manfaatdor tomonlar bilan ishonchli o`zaro hamkorlik munosabatlari iste’molchilarning qoniqqanligini doimiy yaxshilashga, yo`qotishlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishga yo`naltirilgan;
- Rahbariyatning liderligi korxonalarning maqsadga yo`naltirilgan faoliyatini, jarayonli yondashuvni qo`llab quvvatlashni, ishonchli dalillar va tahlilga asoslangan holda malakali qarorlar qabul qilishni ta’minlaydi;
- Kadrlar siyosati хodimlarning yuqori darajada manfaatdorligini ta’minlaydi hamda ularni samarali jamoaga jipslashtiradi.
Rahbariyat:
- Mazkur Siyosatni tadbiq qilish va qat’iy bajarish, shuningdek uning tamoyillari asosida qarorlar qabul qilish;
- Zarur resurslarni va barcha darajalarda bilim va ko`nikmalarni ta’minlash;
- Sifat sohasidagi Siyosat va Maqsadlarni amalga oshirishda xodimlarning faol ijodkorona ishtiroki uchun sharoitlarni yaratish;
- Qo`llaniladigan talablarga rioya qilish va Sifatli Boshqaruv Tizimini doimiy takomillashtirish bo`yicha barcha mas’uliyat va majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi.